Hozirda Yer yuzida qancha odam yashaydi?
1804 yilda sayyoramiz aholisi birinchi marta 1 milliard kishiga yetgan. 2022 yilda esa 8 milliard yerliklar borligi e’lon qilindi.
Joriy ma’lumotlar turlicha bo‘lib, “Worldometer” xizmati bugungi kunda yer yuzida 8,17 milliard odam mavjudligi haqida gapiradi, boshqa manbalar esa taxminan 8,08 milliardni qayd etishdi. Gap shundaki, har bir tug‘ilish va o‘lim kabi doimiy o‘zgarishlar tufayli odamlarning aniq sonini kuzatish qiyin, bu albatta statistik ma’lumotlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Avstraliya Fanlar akademiyasi 60 yildan keyin Yer yuzida 10,3 milliard odam bo‘lishi, lekin XXII asr boshiga kelib, bu ko‘rsatkich 10,2 milliardga kamayib, bu XIV asrdan beri birinchi ahamiyatli qisqarish bo‘lishi haqida bashorat qiladi. Umumiy o‘sish barobarida bir qator mamlakatlarda (masalan, Italiya va Yaponiya) odam soni kamayib bormoqda.
Asosiy sabab sifatida tug‘ilishlar kamayishi keltirilmoqda. Bu o‘zgarishlar dunyoga ekologiya, iqtisodiyot va ijtimoiy siyosat sohasidagi yangi vazifalarni qo‘ymoqda.