"huquqshunos" jamoasi poytaxtda
Bu – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari bilan uchrashib, Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi bilan tanishib qaytgan Samarqand huquqshunoslik kolleji o‘quvchisi Zuhriddin Bahriddinovning gaplari.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Konstitutsiyamizning 25 yilligiga bag‘ishlab "Konstitutsiya bilimdoni" mavzuida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 14 jamoa ishtirok etib, Bosh Qomusimizga oid 20 ta test savolini ishlash, boblardan birini sharhlash va biror bob asosida sahna ko‘rinishi bo‘yicha kuch sinashib, iqtidorlariga munosib tarzda baholandi.
Samarqand huquqshunoslik kollejining "Huquqshunos" jamoasi birinchi darajali diplomni qo‘lga kiritib, poytaxtda bo‘lishdi.