Ibratli voqea: Onam-a, onam...
Oilada 4 nafar farzand edik. Uch o‘g‘il, bir qiz. Biz kichkina paytimizda otamiz dunyodan o‘tdi va biz yolg‘iz onamni qo‘llarida qoldik. Biz hech narsadan kam bo‘lmasligimiz uchun onam qo‘llaridan nima kelsa hammasini qildi, boshqa turmushga chiqmadi.
Onam hamamizni o‘qitib, uylantirib turmushga berdilar. Ammo bu kungacha ne qiyinchiliklar boshdan o‘tdi o‘zlari va yaratganga ayon. Biz aka-ukalarni ishimiz yurishib, uyimizni dang‘illama qilib boshqatdan soldik, singlimiz esa bir boy yigitga turmushga chiqdi. Hammamizni ishlarimiz yaxshi, mashina, uy, hamma sharoit bor. Qo‘limizda qimmat telefonlar.
Shunday kunlarni birida onamizning mazasi qochib, shifoxonaga tushib qoldi. Diagnoz natijasi hammamizni karaxt qilib qo‘ydi, tashxis miyada o‘simta borligini ko‘rsatdi. Hammamizni og‘zimizdan bir xil gap chiqdi: “Doktor, qancha desangiz beramiz, faqat onamiz tuzalsin”. Ammo biz xursand bo‘lib, ishonib yurgan boyligimiz hech narsaga yaramadi, onamiz vafot etdi. Dafn kuni mahalla imomi kelib:
- Uch o‘g‘ildan qaysi biringlar qabrga qo‘yasizlar? - dedilar.
Akam:
- Men, - dedi, shunda domla:
- Qabrga qo‘yganda o‘qiladigan duoni bilasizmi? - dedi, akam:
- Yo‘q - dedi. Imom hayron bulib:
- Onangizni oxirgi safarida aytiladigan bir kalima duoni yodlashga vaqt bo‘lmadimi? - dedi. Biz jim bo‘lib qoldik.
- Namoz o‘qiysizlarmi?
- Yo‘q...
- Qani tahoratda nechta farz, nechta sunnat bor, menga tahorat kilishinglarni ko‘rsatinglar-chi...
Hammamizni tahorat olishimiz xato ekan, domla kamchiligini to‘ldirib qo‘ydi. Hamma janoza duosini o‘qishga saf oldi, shunda imom:
- Hurmatli birodarlar, shu marhumani ozgina hurmat kilsangiz, qirq kun ichida aroq ichgan odam bo‘lsa tobutni ushlamasin, bu bilan marhumaga qattiq azob berasizlar...
Biz uch o‘g‘il onam vafotidan bir kun oldin alam ustida aroq ichgandik. Bir-birimizga qarab gapira olmay qoldik. Janoza bitdi, fotiha kuni ham o‘tdi.
Uyda o‘zimiz qoldik. Onamiz haqiga duo qilaylik, desak birortamiz bir kalima Qur’on o‘qishni bilmaymiz, singlimizda ham shu ahvol. Shunday qilib uch o‘g‘il va bir qiz onamizni eng muhtoj bo‘lgan paytlarida korlariga yaramadik, haqlariga tilovat qilolmadik, namoz o‘qib Xudodan gunohlarini kechirishini so‘rolmadik, chunki biz dinimizda amal qilish kerak bo‘lgan birorta amalni tuzukroq bilmas edik.
Uyga kelib yotib o‘zimga o‘zim savol berdim, men o‘lsam nima bo‘ladi ahvolim!?
Qabrda birinchi so‘roq namozdan ekan, meni namozim yo‘q-ku, Qur’on o‘qib yurgan odamni kabri nurli bo‘larkan, bir kalima Qur’on o‘qishni bilmayman. Allohni eslab har bir ishda unga suyangan odamni Alloh qabrda so‘rog‘ini oson qilarkan, men hamma ishda tanish bilishga va mol davlatimga suyandim, ammo ular bu dunyoda qolarkan. Qabrga esa faqat yaxshi amal va yomon amalim borarkan. Eslashga harakat qildim, yaxshi amalim kam chiqdi, namoz yo‘q, ro‘za yo‘q, zakot yo‘q, qurbonlik yo‘q. Vaholanki, molimning hisobi zakotga ham, qurbonlikka ham yetadi.
Bu narsalarni yozishdan maqsadim: "Birodarlarim, vaqtni qadriga yeting, siz ham o‘zingizga savol bering, Allohni qanchalik tanidingiz, qanchalik foydali ish qildingiz?".