Asossiz hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilindi

Raqobat qo‘mitasi viloyat hududiy boshqarmasiga “Hududiy elektr tarmoqlari" AJning faoliyatidan norozi bo‘lib bir nechta ariza kelib tushgan. Misol uchun,“Siralish Meva” MChJ hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan 3 mlrd 193 mln ming so‘m miqdorda asossiz qarzdorlik hisoblanganligidan noroziligini bildirgan.
Mavjud holat hududiy boshqarmamiz xodimlari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijalarga bo‘yicha “Siralish Meva” mas’uliyati cheklangan jamiyatining murojaati asosli deb topilib, asossiz hisoblangan 3 mlrd 39 mln so‘m qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, tadbirkorlik sub’yektining murojaati hal qilindi.
Hududiy boshqarma tomonidan yuqoridagi holatlar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari" AJga zarur tushuntirishlar berildi. Kelgusida bunday holatlar kuzatilmasligini ta’minlash to‘g‘risida ogohlantirildi.
Otabulla To‘rayev,
Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi xodimi.