Ichki ishlar xodimlariga bo‘ysunmay qochib ketgan haydovchiga chora ko‘rildi
Toshkent shahar IIBB 22 martdan 23 martga o‘tar kechasi soat taxminan 02:00 da Yashnobod tumani Shahrisabz ko‘chasida tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqlarda «Oq Neksiya haydovchisi ichki ishlar xodimlariga bo‘ysinmay «Tungi kapalak» qizlarni olib, qochib ketdi» sarlavhasi bilan tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Yashnobod tumani IIO FMB 2-son IIB tomonidan xizmatga jalb qilingan patrul-post xizmati xodimlari o‘z xizmat yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan vaqtda, oq rangli “Nexia” avtomobil egasi, 27 yoshli A.X. ichki ishlar xodimlari tomonidan to‘xtash ishorasi ko‘rsatilganiga qaramasdan, o‘z harakatini davom ettirgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi («Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») bilan ma’muriya bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda avtomashina jarima maydonchasiga joylangan.