Idrok

Bangladeshlik Idrok butun umri davomida qizining sifatli ta’lim olishi uchun o‘z kasbini undan yashirib keldi. U ko‘chalarning eng iflos joylarini va hojatxonalarni tozalovchi bo‘lib ishlardi.

-  Farzandlarim men tufayli tengqurlari orasida uyatga qolishlarini hech qachon istamaganman. Kichik qizim mendan ishim haqida so‘raganida, unga qora ishchi ekanligimni aytganman, xolos", -  deydi u.

Idrok har oqshom uyga qaytar ekan, jamoat hojatxonasida o‘ziga, ust-boshiga qarar, o‘zini tartibga keltirar edi. O‘z kasbini o‘ta zakiylik bilan berkitardi.

Uning bu qadar qiynalishi sababi bor edi: jamiyat, qizi o‘qiyotgan maktab tabaqaga ajralgan edi. O‘qituvchilar, o‘quvchilar va hatto avtobus haydovchilari ham o‘quvchilarning qanday oiladan ekanligiga qarab muomala qilishardi, ta’lim berishardi. Idrok bu holat bilan juda ko‘p to‘qnash kelgandi.

Uning qizi maktabni bitirib, kollejga o‘qishga kirdi. Kunlardan bir kun o‘qish uchun to‘lovga pulni hech qayerdan topa olmagach, chiqindilar ichra uvvos solib yig‘ladi. Boshini tizzalari orasiga olib, uzoq o‘tirdi. Uni qalban tushungan hamkasblari, oz-ozdan bo‘lsa-da, unga pul yig‘ib berishdi. Ular bor-budlarini Idrokka berishar ekan, shunday deyishdi: "Mayli, bir kun och qolarmiz, ammo qizingiz o‘qishni davom ettirsin!..".

Bugungi kunda Idrokning qizi Bangladesh Xalq maorifi vazirligida faoliyat yuritadi. Uning qistovi bilan otasi boshqa ishlamay qo‘ydi. Ammo Idrok qora mehnat ortidan sariq chaqa topib, bu pullarga o‘z farzandlarini o‘qitayotgan ota-onalarni juda qadrlaydi va ularga tez-tez yordam berib turadi.

Sarvar RAHIMIY.