Imom Buxoriy majmuasida elektr ta’minoti qanday bo‘ladi?

Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasi va unga tutash hududlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan zarur ishlar qilinmoqda.
Xususan, 23 ta transformator punkti o‘rnatildi, 211 kilometr uzunlikda 0,4 va 10 kVli kabel tarmoqlari yotqizildi.
Ayni vaqtda xonadonlarni elektr tarmog‘iga ulash maqsadida 0,4 kVli 374 ta elektr shitlari o‘rnatish va montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlar ziyoratgoh hamda unga tutash 4 ta mahalla aholisini uzluksiz va barqaror elektr ta’minoti bilan qamrab olishga xizmat qiladi.