IIBning “topilmalar stoli” davlat xizmatlari markazlariga o‘tadi

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 yanvardagi “Yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyati tugatiladi.

2022 yil 1 martdan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Bu bo‘yicha murojaatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

2022 yil 1 martgacha yo‘qolgan ashyolarni qidirish, topilmalar haqida ma’lumot olish imkoniyatini nazarda tutuvchi “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi joriy etiladi.