IIV: Hayoni unutgan ayollar aniqlandi

Xabaringiz bor, 4 mart kuni “HAYoNI UNUTGANLARNI TANIYSIZMI?” nomi bilan ma’lumot joylangan edi.
IIV tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida videodagi "qahramonlar" aniqlandi.
Videoda tasvirlangan holatlar 2019 yilning bahor oylarida Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod oblasti Bozorqo‘rg‘on tumanida sodir etilganligi aniqlandi.
Videoda tilgan olingan, aholi orasida "Ursatskiy" deb nomlanuvchi aholi yashashi hududi ekani ma’lum bo‘ldi.
Shu o‘rinda, Ichki ishlar vazirligi rahbariyati holatga oydinlik kiritishda ko‘maklashgan va yurtdoshlarimiz taqdiriga befarq bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan.