Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijodiy imtihonlar keyinga suriladi. Test imtihonlari offlayn bo‘lishi kutilmoqda

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda bu haqda ma’lum qilindi.

Ijodiy imtihonlarda o‘zgarish bo‘ladi. Ular ham 1 avgustdan keyinga suriladi. Karantin qachon tugasa, shundan 20 kun vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

Test imtihonlari offlayn bo‘lishi kutilmoqda. Mabodo o‘zgarish bo‘lsa, bu haqda xabar beriladi.

Hozircha hujjat topshirgan abituriyentlar 620 000 nafardan oshdi.

O‘qish boshlanishi masalasini sharoitdan kelib chiqib hal qilamiz.

Sirtqi ta’lim 100 % onlaynga o‘tadi.

Kechki ta’lim 50 % onlayn 50 % offlayn bo‘lib o‘tadi.

Hozircha odatiy shaklda ta’limni boshlash niyatidamiz. Lekin onlaynga ham tayyorgarlik ko‘rib bormoqdamiz. Yanada aniqlik kiritib boriladi.