Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlarga alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi

Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish tartibi ishlab chiqildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalish, oliy ta’lim muassasasi nomi, manzili, sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz: 1-25 iyul kunlari kasbiy-ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.