Ijtimoiy tarmoqlarda keksa kishini tepgan camarqandlik TikTok’chi videosi tarqaldi. IIB holatni o‘rganmoqda

Tarmoqda tarqalgan videoda yosh yigit ko‘chada ketayotgan yoshi katta odamning yuziga tepgani tasvirlangan. Aytilishicha, mazkur tasvirni TikTok’chining o‘zi tarmoqqa joylagan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB munosabat bildirdi:

“Samarqandda bir ikki kun zalga qatnab, o‘zidan “ko‘cha zo‘ri”ni yasab olgan TikTok’chi — ko‘chada ketayotgan yoshi keksa mast kishini tepgan holati videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib maqtanayotganligi aytilmoqda” sarlavhasi ostida tarqalgan video IIB tomonidan o‘rganilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi munosabatda.