Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 201 ta videorolik bo‘yicha 87 nafar xodimga chora ko‘rildi
- 04.02.2021 10:09
- 97
- O‘zbekiston
Ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi salbiy holatlar aks ettirilgan 201 ta videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan.
Kadrlar bosh boshqarmasi hamda O‘z xavfsizlik bo‘linmalari bilan hamkorlikda har bitta holat bo‘yicha tekshirish o‘tkazib, 87 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. Shundan 8 nafari ichki ishlar tizimidan bo‘shatilgan. 20 nafari esa egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
Shu o‘rinda, 201 ta videorolikdan 84 ta holatda xodimlar aybi tasdiqlanmagan va 22 ta holat bo‘yicha fuqarolarga nisbatan ma’muriy javobgarlik, 9 ta holatda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida IIV kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Avazbek Inamov ma’lum qildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa