Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat bo‘yicha nosozliklar bartaraf qilindi

Joriy yilning 10 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hojatxonasi va undagi antisanitariya holati haqida tanqidiy ma’lumot e’lon qilingan edi. Mazkur ma’lumotda qayd etilgan holat institut ma’muriyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Institut ma’muriyati maqola yuzasidan ma’lum qiladi.
Hozirgi kunda Samarqand veterinariya meditsinasi instituti hududida 6 ta hojatxona mavjud. Murojaatda qayd etilgan joy institut hovlisida joylashgan 2 ta tashqi hojatxonalardan biri (16 o‘rinli).
Maqoladagi holat sodir bo‘lgani rost. Sovuq mavsum davomida isitish tizimida nosozlik yuzaga kelganligi sababli uni zudlik bilan ta’mirlash jarayonida bir muddatga umumiy suv tizimini yopib turishga to‘g‘ri kelgan. Shu bois mazkur badrapxona erkaklar bo‘limining kanalizatsiya tarmog‘ida tiqilish sodir bo‘lgan. Bu yoqimsiz va antisanitariya holati aslida shu kunning o‘zidayoq bartaraf etilgan. Ayni kunda hojatxona to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. Isitish tizimi va kanalizatsiyadagi nosozlikka chek qo‘yilgan. Shunday holat yana takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlar belgilandi.
SamVMI axborot xizmati.