Ijtimoiy tarmoqning zararli jihatlariga qarshi turolgan yutadi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Instagram, Twitter, Facebook, TikTok, YouTube kabi platformalar faqatgina do‘stlar bilan muloqot qilish yoki yangiliklarni kuzatib borish uchun emas, balki bilim olish, o‘rganish va rivojlanish uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi. Jumladan, ingliz tilini o‘rganish borasida ham ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati katta. Ya’ni, bunday platformalar o‘quvchilarga tilni jonli, kundalik hayotga yaqin sharoitda o‘rganishga yordam beradi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarning til o‘rganish jarayoniga salbiy ta’siri ham bor.

Ingliz tilini o‘rganishda eng katta muammo – bu tilda muloqot qilish imkoniyatining cheklanganligi. O‘quvchilar ko‘pincha o‘rgangan so‘zlarini, iboralarini real hayotda ishlatishda qiynaladi. Ijtimoiy tarmoqlar esa bu muammoni hal qilishda yordam beradi. Misol uchun, Instagram yoki Twitter orqali ingliz tilidagi turli kontentlarni kuzatib borish, izohlar qoldirish, fikr bildirish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

YouTube videodarslar, tilni o‘rganishga oid kontentlar, subtitrlar orqali tinglash ko‘nikmalarini yaxshilash imkonini beradi. Videodarslar ko‘pincha amaliy masalalarni yoritadi va bu o‘quvchilarga tilni yanada samarali o‘rganish imkonini beradi.

TikTok yordamida o‘quvchilar qisqa videolar yaratish, ingliz tilida qo‘shiqlarni o‘qish yoki o‘zlarining kundalik faoliyatini ingliz tilida taqdim etishi mumkin. Bu usul til o‘rganishni nafaqat samarali, balki qiziqarli qiladi.

Lekin ijtimoiy tarmoqlardan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanilsa, o‘quvchilarga zarar keltirishi ham mumkin. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda har doim ham haqiqatga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlar tarqatilavermaydi. Ma’lumotlar ko‘plab xatoliklar bilan berilsa, bu ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun xatarli bo‘ladi. Chunki ularni kuzatayotgan o‘quvchi grammatika yoki iboralarni noto‘g‘ri qo‘llashiga to‘g‘ri keladi. Bu kabi holatlarning olish uchun o‘quvchilar faqat ishonchli manbalardan foydalanishlari kerak.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga uzoq vaqt sarflash vaqtni behuda o‘tkazish va o‘rganish jarayonini so‘ndirish xavfini tug‘diradi. Shuning uchun xavfsizlik masalalarini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Shuni unutmaslik kerakki, ma’lumotlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi yoki platformalarda uchraydigan salbiy ta’sirlar o‘quvchilarning ruhiy holatiga zarar yetkazishi ham mumkin.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda yuqorida ta’kidlangan xavflarga qarshi chora-tadbirlaringiz bo‘lgani ma’qul.

Ismigul SATTAROVA,

SamDChTI o‘qituvchisi.