Ikki nafar "Suvsoz" xodimi zaharli gazdan bo‘g‘ilib vafot etdi

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan baxtsiz voqea haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 12 iyun kuni ertalab soat 9:00 atrofida suv ta’minoti tizimida profilaktika ishlari olib borilgan.

Shu maqsadda «Suvsoz» DUK xodimlari - 1989 yilda tug‘ilgan X.B. va 1988 yilda tug‘ilgan X.N. KXAYda joylashgan Yakkasaroy tumanidagi «Sazanchik» kafesi ro‘parasidagi quduqqa tushishdi.

Taxminga ko‘ra, u yerda to‘plangan zaharli gazlar tufayli yuqorida aytilgan fuqarolar bo‘g‘ilib o‘lgan.
Ularni qutqarishga harakat qilgan 42 yoshli H.R. zaharlanish belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Voqea guvohlari tez yordamga xabar bergani aytilmoqda. Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.