Is gazi balosi: Narpay tumanida ham bir oila qurbon bo‘lgan

Zarnews manbasiga ko‘ra, 22 oktyabr kuni Narpay tumanida sodir bo‘lgan fojia oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Viloyat prokuraturasining zarnews`ga aniqlik kiritishicha, tumanning Narpay mahallasida yashovchi fuqaro J.S., turmush o‘rtog‘i va 2 nafar farzandi yashash uyida murdasi tashqi tomonidan tan jarohatlarsiz topilgan. O‘rganishlarga ko‘ra, ular is gazidan zaharlanib halok bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, xonadonda qo‘lbola gaz pechidan foydalanilgan.

Shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi, ya’ni yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur moddaning 2-qismi "a, b" bandi bilan yuritilayotgan jinoyat ishi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun tuman IIBga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu voqeadan bir hafta o‘tib, Urgut tumanining Chumchuqli mahallasida ayanchli hodisa yuz berib, ayol va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi is gazidan vafot etgandi. Ko‘plab OAVlarda bu haqda xabarlar tarqalgan.