Ilon Mask tez orada deyarli butun dunyoni internet bilan ta’minlamoqchi

Ayni vaqtda Yerning barcha qit’alarida Ilon Maskning internet tarmog‘i ishlay boshladi.

Amerikaning SpaceX kosmik kompaniyasining Starlink sun’iy yo‘ldosh internet tarmog‘i endi Yer yuzining barcha qit’alarida mavjud, dedi Ilon Mask o‘zining Twitter sahifasida.

Maskning yozishicha, uning Starlink Interneti endi Yerning barcha qit’alarida, jumladan Antarktidada ham ishlaydi.

Starlink sun’iy yo‘ldoshi orqali internetga ulanish hozircha Rossiya, Belarus, Xitoy, Eron, Suriya, Afg‘oniston, Shimoliy Koreya, Venesuela va Kubada rejalashtirilmagan.

"Starlink sun’iy yo‘ldoshi orqali internetga ulanish hozircha sizning hududingizda hali mavjud emas, chunki me’yoriy hujjatlar tasdiqlanishi kutilmoqda. Tasdiqlar olinishi bilan qamrov hududimiz kengayishda davom etadi", deyiladi ma’lumotnomada.

Tarmoq allaqachon Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, AQShning ko‘p qismi, Meksika, Chili, Braziliya va Avstraliyada ishlamoqda. Kutish ro‘yxatidagi bir qator hududlar, sayyoramizning katta qismi "tez orada sizda" statusida.