Amerikaning "Soyadagi hukmdori": Ilon Mask Putin bilan Ukraina haqida qanday gaplashgan edi?

Sayyoradagi eng boy odam va amerikalik asosiy biznesmen Ilon Mask AQSh xavfsizligi va farovonligi uchun tengsiz bo‘lib bormoqda. Bu esa Oq uy va Pentagonni tobora xavotirga solyapti, deb yozadi Amerikaning nufuzli NewYorker jurnali.

Maqolani yil davomida yozgan jurnalist Ronan Ferrou Mask Ukrainaga bostirishdan keyin Vladimir Putin bilan gaplashgani, Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqalari bilan ta’minlagani va Pentagon ko‘pchilik marhamatli degan shaxs xohishiga bog‘liq bo‘lib qolganini bilib olgan.

Qizig‘i, gap faqat Pentagonda ham emas. “Oxirgi 20 yil davomida infratuzilmaning tanazzulga uchrashi va institutlarga bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi mobaynida Mask allaqachon xususiylashtirib, chetga o‘tgan strategik sohalarda biznes qildi. Amerika rasmiylari Maskga tayanishga majbur, ammo uning injiqlik, tavakkalchilik va mojarolariga qanday javob berishni bilmaydi”, — deyiladi maqolada.

"NASA, Mudofaa vazirligi, Transport departamenti, Federal aviatsiya ma’muriyati va Mehnat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash tizimining amaldagi va sobiq amaldorlari menga Maskning ta’siridan qochib qutulib bo‘lmasligini aytishdi, ba’zilari hatto uni hukumatning yashirin shaxsi sifatida qabul qilishlarini tan olishdi", - deb yozadi jurnalist Ferrou.

Maskning o‘sib borayotgan ta’siri Jo Bayden ma’muriyati uchun bosh og‘rig‘i deb birinchi aytilishi emas. "Bloomberg" nashr etilgan "Ilon Maskning global imperiyasi Vashington uchun dolzarb masalaga aylandi" maqolasida Mask maqomi prezidentlikka yaqinlashayotgani bayon etilgan.

"Amerika tashqi siyosati yo‘nalishidan farqli o‘laroq, Mask Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha rossiyaparast reja va Pekinda olqishlarga sazovor bo‘lgan Tayvanni Xitoy bilan birlashtirish g‘oyalari bilan chiqqan", deyiladi nashrda.

Maskning Tesla avtomobillarining yarmidan ko‘pi Xitoyda yig‘iladi, Twitterni sotib olish uchunu pulni Yaqin Sharqda yig‘di. Uning AQSh uchun yana bir strategik korxonasi esa - SpaceX kosmik kompaniyasidir.

Mask urushdan bir yil oldin Putin bilan koinot masalasini muhokama qilganini tan olib, keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyin u bilan gaplashganini rad etgan.

Ammo o‘sha paytda AQSh mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Kolin Kal ma’lum qilishicha, “Mask telefonda noutbukidagi Starlink xaritasida “urushning butun jarayonini” kuzatayotganini aytgan va uch daqiqadan so‘ng u:" Biz Putin bilan miriqib suhbatlashdik " degan.

G.XOLDOROVA tayyorladi.