Zamonaviy talablar asosida urug‘lik ekinlar sifati oshiriladi

Payariq tumanida urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha respublika o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminar urug‘chilik tizimini yanada rivojlantirish, urug‘lik ekinlar sifatini oshirish hamda agrotexnik tadbirlarni zamonaviy talablar asosida tashkil etishga qaratildi.

Seminarda urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish tartibi, g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish, sohada zamonaviy yondashuv va ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etish masalalari yuzasidan amaliy ko‘rgazmalar namoyish etildi.
Tadbirda vazirlik va idoralar vakillari, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xo‘jalik rahbarlari va soha mutaxassislari qatnashdi. Seminar davomida mutaxassislar tomonidan dala aprobatsiyasi talablarini to‘g‘ri tashkil etish, urug‘lik maydonlarda nav tozaligini saqlash hamda hosildorlikni oshirishga xizmat qiluvchi agrotexnik tadbirlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.