Mask Twitter rahbari bo‘ldi, sobiq rahbariyat kompaniyani tark etdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter rahbariga aylandi, deb xabar beradi SNBC.

Twitter bosh direktori Parag Agraval va moliyaviy direktor Ned Segal kompaniyaning San-Fransiskodagi bosh qarorgohini tark etishdi.

Xabarda aytilishicha, ijtimoiy tarmoq boshqaruvi yangi xo‘jayin qo‘liga o‘tgan.

“Endi Mask Twitterning rahbari”, — deyiladi xabarda.

Maskning 44 milliard dollarlik Twitter xaridi bugun bitishi kutilayotgan edi. Agar bu sodir bo‘lmasa, kompaniya tomonidan tadbirkorga nisbatan qo‘zg‘atilgan sud jarayoni boshlanishi mumkin.

Chorshanba kuni Mask kompaniya shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi, xodimlar bilan uchrashdi, shuningdek, ushbu platforma akkauntidagi imzoni o‘zgartirdi. U yerda Ilon Mask ikkinchi kuni - "tvitlar boshlig‘i" sifatida maydonga chiqmoqda. Ingliz tilidagi bu ibora "bosh ahmoq" degan ma’noni ham anglatadi.