Imkoniyati cheklangan Charos bir musobaqada ikki yo‘nalishda jahon chempioni bo‘ldi

Yaqinda Turkiyaning Antaliya shahrida sportning 100 katakli shashka turi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida Samarqand davlat chet tillar instituti 2-bosqich magistranti Charos Balikova yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi!
Imkoniyati cheklanganlar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu nufuzli musobaqada 20 ga yaqin davlatdan 50 nafardan ortiq yosh ishtirok etdi. Charos musobaqada uch yo‘nalishda o‘z mahoratini ko‘rsatdi. Klassik va blitz yo‘nalishlarida birinchi, rapid yo‘nalishida esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Bir musobaqada ikki yo‘nalishda jahon chempioni bo‘ldim, - deydi Ch.Balikova. – Bu albatta, institutimizda yaratib berilgan imkoniyatlar, ota-onam va ustozlarimning menga bildirgan ishonchi, asosiysi, murabbiyim, institut sport klubi raisi o‘rinbosari Abduhamid Musayevning ko‘magi samarasidir.
Chempionat yakunida Butunjahon shashka federatsiyasi raisi Ivan Ilnitskiy tomonidan institut rektori Bahodir Xoliqov nomiga federatsiyaning tashakkurnomasi ham topshirildi.
Institut axborot xizmati