Immunolog organizmda vitamin yetishmovchiligi belgilarini aytdi

Vitamin yetishmovchiligining asosiy alomati insonning tashqi ko‘rinishi, jumladan, toshma toshishi, rangi uchishi va quruq teri hisoblanadi.

Shuningdek, gipovitaminozdan darak beruvchi turli faktorlardan tashqari, mutaxassislar soch tolasining xiralashuvi va tushishi, sinuvchan va qatlamlashuvchi tirnoqlarga ham e’tiborni qaratishni tavsiya etishadi. Vitamin yetishmovchiligi tufayli insonda tushkunlik, sustlik va quvvatsizlik kuzatiladi.

Yaqinda Britaniya tibbiyotchilar D vitamini yetishmovchiligi COVID-19 ning kechishini qiyinlashtirishini aniqlashgan edi. Olimlarning tahlillariga ko‘ra, D vitamini organizmni infeksiya kirishidan himoyalaydi.

Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi NDU tabiiy fanlar fakulteti biotexnologiya va virusologiya laboratoriyasining rahbari S.Netesov to‘yib ovqatlanmaslik tufayli koronavirus yanada og‘ir o‘tishini tushuntirdi. Muhim elementlarning yetishmasligi tufayli organizm infeksiyalarni yengishga qodir bo‘lmay, katakchalari nobud bo‘la boshlaydi.

Organizm immunitetini oshirish uchun ayniqsa, kuz-qish davrida tarkibida A vitamini mavjud, beta-karotinli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish lozim. A vitamini nafas yo‘llari orqali virus va bakteriyalarning kirib borishiga to‘sqinlik qiladi. Ikkinchi muhim virus va infeksiyaga to‘siq bu – S vitaminidir.