Viloyat Kengashi infratuzilma to‘lovlarini hisoblash bo‘yicha qaror qabul qildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining Qarori
Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmi belgilash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 avgustdagi “Samarqand viloyatini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-244-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 20 avgustdagi “Samarqand viloyatida davlat va tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 526-son qarorining 2-ilovasi, 5-bandi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi viloyat boshqarmasining 2025 yil 3 oktyabrdagi (H-08-8940-02/04-son), viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025 yil 3 oktyabrdagi (03/07-38/2766-son) xulosalari, “Samarqand invest kompaniyasi” AJ boshqaruv raisining 2025 yil 3 oktyabrdagi (560/01-30-son) murojaatini inobatga olib, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘qqizinchi sessiyasi QAROR QILADI:
- Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (Sh.Bo‘ronov), “Samarqand invest kompaniyasi” AJ boshqaruv raisi (F.Abilov)ning Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmini belgilash yuzasidan takliflari ma’qullansin.
- Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmini belgilash miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Viloyat hokimligi axborot xizmati – matbuot kotibi (M.Ixtiyorov), “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari tahririyati (F.Toshev)ga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
- Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
- Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (M.Po‘latov), viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (Sh.Bo‘ronov) zimmalariga yuklansin.
Kengash raisi Sh.Negmatov
2025 yil 31 oktyabr
***
Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va transport infratuzilmasini yaratish xarajatlarining bir qismi uchun to‘lov miqdorini hisoblashning namunaviy mexanizmi belgilash miqdori