Samarqandda jismoniy shaxslar 1 kvadrat metr yer maydoni uchun 394 so‘m miqdorida soliq to‘laydi
Samarqand viloyatida 2024 yilda yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun shahar va tumanlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab yer solig‘i stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Xalq deputatlari viloyat Kengashining QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6121-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 21 dekabrdagi (03/41-40/1472-son) xati, viloyat davlat soliq boshqarmasining 2024 yil 3 yanvardagi (19/10-00133-son) murojaati, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024 yil 3 yanvardagi (02/02-38/3-son) xulosasi, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri R.Mahqulovning 2024 yil 4 yanvardagi (03/01-30-son) bildirgisiga asoslanib, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq to‘qson beshinchi sessiyasi QAROR QILADI:
- Quyidagilar:
Viloyatda 2024 yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutlaq o‘lchamda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 1-ilovaga;
2024 yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun jismoniy shaxslar bo‘yicha mutlaq o‘lchamda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga (dehqon xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek, jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan tashqari) qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi «Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6121-son farmoni bilan, xalq deputatlari shahar va tumanlar Kengashlariga mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq tasdiqlangan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlardan kelib chiqqan holda, bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida qayta belgilash huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
- Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev), viloyat hokimligi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» (N.Norbekov) ushbu qarorning «Zarafshon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalarida rasman e’lon qilinishi va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
- Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi (F.Nasrullayev) va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari (F.Abilov) zimmasiga yuklansin.
- Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi S.Usmonov
2024 yil 26 yanvar VI-95-4-7-0-K/24
*Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 26 yanvardagi VI -95-4-7-0-K/24-son
qaroriga 1-ilova
Viloyatda 2024 yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar bo‘yicha mutlaq o‘lchamda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar
T/r |
Hudud nomi |
Kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar |
1 |
Samarqand shahri |
1,29 |
2 |
Kattaqo‘rg‘on shahri |
1,15 |
3 |
Oqdaryo tumani |
0,75 |
4 |
Bulung‘ur tumani |
0,75 |
5 |
Jomboy tumani |
0,75 |
6 |
Ishtixon tumani |
0,62 |
7 |
Kattaqo‘rg‘on tumani |
0,63 |
8 |
Qo‘shrabot tumani |
0,60 |
9 |
Narpay tumani |
0,75 |
10 |
Payariq tumani |
0,75 |
11 |
Past Darg‘om tumani |
0,76 |
12 |
Paxtachi tumani |
0,61 |
13 |
Samarqand tumani |
0,76 |
14 |
Nurobod tumani |
0,60 |
15 |
Toyloq tumani |
0,76 |
16 |
Urgut tumani |
0,75 |
*Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha 1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi 44,0 million so‘m etib belgilangan.
-------
*Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024 yil 26 yanvardagi VI -95-4-7-0-K/24-son
qaroriga 2-ilova
Viloyatda 2024 yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun jismoniy shaxslar bo‘yicha mutlaq o‘lchamda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar
(bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek, jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno)
T/r |
Hudud nomi |
Kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar |
1 |
Samarqand shahri |
1,27 |
2 |
Kattaqo‘rg‘on shahri |
1,09 |
3 |
Oqdaryo tumani |
0,60 |
4 |
Bulung‘ur tumani |
0,60 |
5 |
Jomboy tumani |
0,72 |
6 |
Ishtixon tumani |
0,60 |
7 |
Kattaqo‘rg‘on tumani |
0,60 |
8 |
Qo‘shrabot tumani |
0,60 |
9 |
Narpay tumani |
0,60 |
10 |
Payariq tumani |
0,60 |
11 |
Past Darg‘om tumani |
0,60 |
12 |
Paxtachi tumani |
0,60 |
13 |
Samarqand tumani |
0,73 |
14 |
Nurobod tumani |
0,60 |
15 |
Toyloq tumani |
0,72 |
16 |
Urgut tumani |
0,60 |
*Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarning 1 kvadrat metr uchun bazaviy soliq stavkasi 394 so‘m etib belgilangan.