Xalq deputatlari viloyat Kengashida bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov o‘tkazish to‘g‘risida
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 93-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2020 yil 26 avgustdagi 1033-sonli “COVID-19 pandemiyasi davrida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq, oltmish birinchi sessiyasi QAROR QILADI:
1. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasining 2022 yil 28 martdagi “Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining ayrim deputatlarning vakolat muddatlarini oldindan tugatish to‘g‘risida”gi 55-sonli qaroriga asosan viloyat Kengashining 29-Qoradaryo va 41-Mevali saylov okruglarida deputatlik o‘rni bo‘shab qolganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashining bo‘shab qolgan 29-Qoradaryo va 41-Mevali saylov okruglarida deputat saylovi 2022 yil 29 may kuni o‘tkazilsin.
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasi (S.Nuriyev) bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi qonun talablariga binoan o‘tkazilishini ta’minlasin.
4. Viloyat moliya bosh boshqarmasi (B.Mirzayev) saylov jarayonlarini qonunda belgilangan tartibda moliyalashtirish choralarini ko‘rsin.
5. Ushbu qaror xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasiga yuborilsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyasi (Sh.Jo‘raqulov) zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi E.Turdimov
2022 yil 13 aprel