«Bizda dunyoni 150 marta portlatishga yetadigan qurol bor»: Tramp AQSh, Rossiya va Xitoy yadroviy qurolsizlanishni muhokama qilganini bildirdi
- 07.11.2025 14:31
- 31
- Xorij
AQSh Prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin va Si Szinpin bilan denuklearizatsiya (davlatda yadroviy quroldan voz kechish va uni yo‘q qilish jarayoni) imkoniyatini muhokama qilganini ma’lum qildi.
Bu muzokaralar qachon bo‘lganini u aniq aytmadi.
«Bizda birgalikda dunyoni 150 marta portlatishga yetadigan qurol bor. Men bu haqda prezident Putin hamda Si Szinpin bilan gaplashdim — hammasi bu pullarni boshqa ishlarga sarflash tarafdori. Menimcha, denuklearizatsiya sodir bo‘lishi mumkin», dedi Tramp Oq uyda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuvda.
Avvalroq u shunday dasturlarga ega boshqa davlatlar bilan «teng sharoitda» yadroviy qurol sinovlarini o‘tkazishni topshirgan edi. Shuningdek, Tramp Ukrainadagi urushni bartaraf etishda «sezilarli ilgarilash»ga erishilganini ta’kidladi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- 2 soat avval
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Bugun, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Bugun, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Bugun, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Bugun, 16:30
- Dolzarb