Imom Ali Sug‘diyni bilasizmi? Uning qabri Oqdaryoning Kumushkent qishlog‘idan topilgani rostmi?

1999 yilda Oqdaryoning Kumushkent qishlog‘idagi qabristondan 10 ga yaqin qabrtoshlar topilgandi. Vaqti kelib, manbashunos Komilxon Kattayev Oqdaryo tumani hokimi Feruz Obilov taklifi bilan bu qabrtoshlar tarixini o‘rgana boshladi.
Abu Tohirxojaning «Samariya» kitobida (57-bet) yozilishicha, «Hazrati Imom Ali Sug‘diy mozori Ofarinkent tumaniga qarashli Kumushkent qishlog‘ida. U Hasan bin Shayx Muhammad Sug‘diyning o‘g‘lidir».
Oqdaryo va Qoradaryo oralig‘idagi mavzeni o‘rta asrlarda Miyonkol, sal ilgariroq esa Sug‘d deb atashgan. Fiqhshunos, hadisshunos Ali Sug‘diy o‘z davrida Ruknul-islom (islom ustuni) degan martaba olgan.
Siz Sug‘d mavzesining tarixi, bu yerda yashagan allomalar, xususan, Imom Ali Sug‘diy haqida qiziqarli ma’lumotlarni bilmoqchimisiz? Unda saytimizni kuzatib boring. «Zarafshon» gazetasining ertangi sonida tadqiqotning dastlabki xulosalari bilan tanishishingiz mumkin.