Imom Buxoriy ziyoratgohiga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Bir kunda uch marta shu yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi "Isuzu" rusumli avtobus mahalliy aholi uchun xizmat qiladi. 1 kilometr uchun sakson besh so‘mdan yo‘l haqi to‘lanadi.

– Ushbu yo‘nalishda yo‘lovchi tashishga xizmat ko‘rsatadigan transport vositalarini bosqichma-bosqich ko‘paytiramiz, – deydi agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Farid Burxonov. – Shuningdek, Samarqand xalqaro aeroportidan Hazrati Dovud hamda Imom Buxoriy majmualariga avtobus va yo‘nalishli taksi qatnovlari tashkil etilmoqda.

Abdujabbor PO‘LATOV.