Imom Moturidiyning boy ilmiy merosi keng o‘rganiladi
- 04.03.2020 10:23
- 118
- Madaniyat

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand shahrida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda xalqaro konferensiyaning yakuniy yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.
Ularda Imom Moturidiyning boy ilmiy merosi, ibratli hayot yo‘li bilan bog‘liq o‘rganilmagan jihatlarni tadqiq etish, allomaning asarlaridagi insonparvarlik, bag‘rikenglik hamda adashgan toifalarga qarshi raddiya berish borasidagi qimmatli ma’lumotlardan samarali foydalanish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida urg‘u berilgan.
To‘lqin SIDDIQOV.
Teglar:
Imom Buxoriy
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Toshkentga sayohat manzur bo‘ldi
- Kecha, 13:01
- O‘zbekiston
Turnaning minnatdorchiligi
- 21/06, 08:43
- Mutolaa
Kitob sotayotgan odam
- 21/06, 08:41
- Mutolaa
She’rlarini so‘z emas, yurak bilan yozgan shoir
- 20/06, 21:45
- Madaniyat