Inson tanasi haqidagi faktlar: Biz undan qanchalik xabardormiz?
Inson tanasi murakkab va hayratlanarli mexanizmdir. Uning u yoki bu “vint”i va tizimlarining qanday ishlashi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
Albatta bu jarayonning mohiyatini bilib olish uchun hech bo‘lmaganda biologiya haqida biroz ma’lumotga ega bo‘lishimiz kerak. Tanangiz haqida bilishingiz kerak bo‘lgan narsalar juda qiziq va bu hatto biror bir holatda hayotingizni saqlab qolishi mumkin.
E’tiboringizga TopCafe.su. saytidan olingan inson tanasi to‘g‘risidagi aqlga sig‘maydigan dalillarni havola etamiz.
Musiqa qalblarni boshqaradi
Yurak ritmi quloqlaringiz eshitib turgan musiqaga moslashadi. Instinktiv ravishda biz har doim bu xususiyatdan foydalanamiz: dam olish yoki ish kayfiyatiga moslashish kerakligiga qarab, biz tinchlantiruvchi klassika yoki sho‘x musiqa qo‘yamiz. Bu yerda hamma narsa shaxsiy xohishlarga bog‘liq, kimdir og‘ir musiqa eshitib turib ham uxlab qoladi.
Butun tananing chorak qismi suyaklari oyoqlarda joylashgan
Inson skeleti 206 suyakdan iborat bo‘lsa, ularning 52 tasi pastki qo‘l-oyoqlarimizga berilgan. Ular shunchaki tanani ushlab turadigan suyanchiq bo‘libgina qolmaydi, ko‘p narsa oyoqlarning sog‘lig‘iga bog‘liq. Oddiy qilib aytganda, butun tana ushbu “poydevor”ga tayanadi, shu sababli oyoq suyaklarining deformatsiyasi butun tana shaklini o‘zgarishida namoyon bo‘ladi.
Ichimizda elektr toki bor
“Miya kuchi” tushunchasi uzoq vaqt kinoya sifatida ishlatilib kelingan. Masalan, to‘satdan kelgan yorqin g‘oyaning ramzini eslang, u – bosh ustida yonib turgan chiroq. Bu belgining ko‘rinish darajasi haqiqatdan unchalik uzoq emas. Uyg‘oq paytida inson miyasi shunchalik ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradiki, u kichkina lampochkani osonlikcha quvvatlantira oladi.
Kipriklardagi mini zoopark
Biz yolg‘iz emasmiz. Turli vaqtlarda tanamizda yuz trillionga yaqin bakteriyalar yashaydi. Ulardan ba’zilari akne bezlari – yog‘ bezlari tepasi – soch folekullarida joylashishni yaxshi ko‘radi va yuzdagi yog‘lardan oziqlanadi. Ular nisbatan zararsiz, lekin ko‘zlar va terining demodikoz kasalligiga olib kelishi mumkin.
Yo‘qotishlar har doim ham yomon emas
Tanamiz har kuni 3 milliard o‘lik teri hujayralaridan qutuladi. Bir yil davomida bu raqam 600-1500 grammni tashkil qiladi. Bundan tashqari, tasodifan yoki maqsadga muvofiq o‘rtacha 70 yildan ortiq vaqt davomida (atrofdagi 19 foiz inson terisidan iborat changni hisobga olmaganda) odam o‘z terisining 5 grammini iste’mol qiladi.
Ayollar qalbining jo‘shqinligi
Kanadalik olimlar ayollar yuragi ritmi erkaklarga qaraganda tez ishlashi omillarini aniqlashdi. Bunga turli ichki biologik ritmlarni uyg‘otuvchi esterogen sababchi ekan. Ayol tanasi 2 soatdan ko‘proq “oldinda” yuradi, shuning uchun kechqurun u tezroq charchaydi. Masalan, gormonlar tufayli erkak va ayol tanalari ovqatni har xil tezlikda hazm qiladi.
Mix har birimizda
O‘rtacha odam o‘zida doimiy ravishda 4,5 gramm temirni “tashiydi”, bu bitta mixning munosib hajmini yaratish uchun yetarli. Ushbu qiymat doimiy emas, yetarli darajada ushlab turishni talab qiladigan “doza” erkaklar uchun kuniga 10 milligramm, ayollar uchun 15 milligramm, bolalar uchun 5-15 milligrammni tashkil qiladi.
Inson o‘z tanasi o‘rmoniga qilgan sayohati faktlari to‘g‘risida zavq va hayrat borligini hisobga olib, biz qanchalik murakkab, qudratli va go‘zal ekanligimiz va tabiat bilan uyg‘unlikda yaratilganimizni anglab olsak, bu eng qiziqarli sayohatlardan biri bo‘lishi mumkin.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.