Insoniyat imkoniyatlari: Suvdagi rekordlar

Agar odam o‘z jismoniy imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalansa, hatto suv ostida uzoq turishi mumkin. Vaholanki oddiy odam suv ostida nafas olmasdan bir daqiqa ham turolmaydi, deb yozadi «AiF» (2020 y 36-son).

* Tomskda ko‘l tubiga sho‘ng‘igan Vitaliy Vivchar 50 kilogramm shtangani 76 marta ko‘tarib tushirgan. Oldingi rekord amerikalik Greg Uitstokka tegishli. U xuddi shunday shtangani 62 marta ko‘tarib-tushirgan. Albatta, bunday mashqni bajarish uchun faqat qo‘lning kuchi kifoya qilmaydi, uzoq nafasni yutib turish ham lozim bo‘ladi.

* Suv ostida nafasni uzoq yutib turish xarvat Budamir Shbotga cho‘t emas. U 24 daqiqa 11 soniya nafasni yutib turgan.

* Yangi Zelandiyalik Uilyam Trabrij akvalangsiz suv ostiga 122 metr chuqurlikka tushgan. Buning uchun u 4 daqiqa 24 soniya vaqt sarflagan. Akvalang bilan suvga sho‘ng‘ish rekordi misrlik Akbar Gabriga tegishli. U 332 metr chuqurlikka tushish uchun 14 daqiqa, suvdan chiqish uchun 14 soat vaqt sarflagan. Gap shundaki, bunday vaziyatda bosim 30 atmosferaga yetadi, qondagi erigan azot ko‘pirib ketmasligi uchun to‘xtab-to‘xtab nafasni rostlash lozim bo‘ladi.

* Rossiyalik Aleksey Molchanov muz ostida suzish bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Bir nafas olish bilan u 2 daqiqa 40 soniyada muz ostida 180 metrni suzib o‘tgan, muz ustida sovuq 0 gradus daraja bo‘lgan.

* Qiziqarli rekord italiyalik Vittori Innosentaga tegishli. U 66,5 metr chuqurlikda oddiy velosiped bilan 110 metrni bosib o‘tgan. Velosiped suv tubida mustahkam turishi uchun unga 35 kilogramm qo‘rg‘oshin osishgan, shinalarini suv bilan to‘lg‘azishgan.

Tog‘ay MUROD tayyorladi.