Insonning yillik kartoshka iste’moli qancha?
- 10.09.2020 10:00
- 221
- Iqtisodiyot
Tibbiyotchilar xulosasi bilan qaralganda inson yiliga o‘rtacha 50 kilogramm kartoshka iste’mol qilishi lozim. Talabdan kelib chiqib, joriy yil viloyatimizda g‘alladan bo‘shagan 9 ming 920 gektar maydonda takroriy ekin sifatida kartoshka ekildi.
Shuncha maydondan o‘rta hisobda 200 sentnerdan hosil olinganda ham Samarqand viloyatining bir yillik kartoshkaga bo‘lgan 190 ming tonnalik ehtiyojidan ortib, chetga mahsulot chiqarish imkoniyati paydo bo‘lardi.
Viloyatda kartoshka ekilishi rejalashtirilgan 11 ta tumanga super elita, elita va R-1 navlarini ekish rejalashtirilgandi. Kartoshka ekiladigan maydonlarga talab etiladigan 30 ming tonnaga yaqin urug‘likning yetishmaydigan 12 ming 470 tonnasini yetkazish borasida viloyatimizdagi 22 ta ta’minotchi korxona va 14 ta tijorat banki o‘rtasida 93,5 milliard so‘mlik 2789 ta shartnoma ham imzolangan.