Institutni tugatgan talaba tayyor mutaxassis bo‘lishi kerak
Samarqand davlat tibbiyot institutidan ushbu tanlovda tengdoshlarim E.Anvarov hamda A.Umarov bilan men ham qatnashdim. Ilk bor o‘tkazilayotgan bunday tanlovning biz uchun ahamiyatli tomonlari juda ko‘p bo‘ldi. Avvalo, nazariy bilimlarimiz amaliyotda, kuchli mutaxassislar nazoratidan o‘tdi.
Ikki kun davom etgan tanlovda ilmiy loyihamizni namoyish etdik, bilimlarimiz test sinovlari orqali baholandi, shuningdek, xastaliklar bo‘yicha tashxis qo‘ydik. Mening "Plombadan keyingi tishlarning sezuvchanligi" nomli ilmiy tadqiqotlarim asosida tayyorlangan loyiham hakamlarga ma’qul keldi va tanlovda faxrli ikkinchi o‘rinni egalladim.
Eng asosiysi, anjuman davomida yetuk mutaxassislardan mahorat saboqlari oldik. Bu kabi tanlovlar o‘qishni amaliyot bilan bog‘lab olib borishimizga yordam beradi, institutni tugatgach, bemalol o‘z sohamizda ish olib borishimizda ham muhim bosqich vazifasini o‘taydi.
Navro‘z KARIMOV,
SamDTI talabasi.