“Internet qamrovi va sifatini keskin oshirish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident IT sohasi vakillari bilan muloqotda hal qilish lozim bo‘lgan sohadagi bir qator muammolarni sanab o‘tdi  

Birinchidan, internet qamrovi va sifatini keskin oshirish zarur.

Hududlarning optik tolali tezkor mobil internet (4G) bilan qamrab olish darajasi 70 foiz atrofida. 118 ta qishloqlarga Internet ham, mobil aloqa ham kirib bormaganligi ta’kidlandi.

Ikkinchidan, IT sohasida iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish kerak.

Bugungi kunda bunday yoshlarning startaplariga (230 ta) atigi 10 milliard so‘m grantlar ajratilgan.

Yoki, kompyuter xaridi uchun 3,5 ming nafar yoshlarga kredit berilgan bo‘lsa, kafil yo‘qligi uchun 6,5 mingdan ziyod yoshlarga kredit berish rad etilgan.

Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Navoiyda IT-parklarni tashkil etish ishlari yakuniga yetkazilmagan.