Internetdan to‘g‘ri foydalanilsa, yoshlar diniy ekstremizm ta’siriga tushmaydi
Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz. Har tomonlama innovatsiyalarni kiritishga, rivojlangan davlatlar qatorida bo‘lishga, internet bilan ishlashga intilyapmiz. Bu yaxshi, albatta. Biroq ayrim yoshlar bu imkoniyatlarni to‘g‘ri qabul qila olmayapti va noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolyapti.
Internetdan unumli foydalanuvchilar oramizda juda ko‘p, lekin u orqali aldanib qolayotganlar ham bor. Masalan, keyingi paytlarda ekstremistik oqimlar o‘z safiga odamlarni jalb etishda ayrim internet saytlarida yo‘lga qo‘yilgan “jihodchi”, “mujohidlar” va shu kabi guruhlari hamda “You Tube” portalidan keng foydalanmoqda. Bu esa yoshlarni bilimsizlik orqali qiziqib qolishi va g‘araz niyatli shaxslarning nayrangiga uchib qolishiga olib kelyapti.
Shu bois internetdan to‘g‘ri foydalanish va diniy ekstremizm mavzulariga oid ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni mahalla hamda ta’lim muassasalarida tez-tez o‘tkazib turish kerak. Bu orqali yoshlarning aldanib qolishlarining oldini olish va ularni to‘g‘ri yo‘lga boshqarishga erishish mumkin.
G‘iyos Ma’diyev,
Samarqand tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi.