“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalariga ikki mutaxassislikni tanlash imkoniyati yaratiladi
- 11.12.2020 20:00
- 285
- Ta’lim
Respublikada ilk bor 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti talabalariga zamonaviy o‘quv standartlari taqdim etiladi. Ya’ni, talabalarga ikki mutaxassislik “major” va “minor” tanlash imkoniyati yaratiladi.
Universitet talabalari 3-bosqichga kelib, o‘zlari o‘qigan fakultetdan istalgan boshqa bir yo‘nalishni yoki 2021-2022 o‘quv yilida ochiladigan yangi 3 ta fakultetdan istalgan bir yo‘nalishni “minor” sifatida tanlashlari mumkin.
Masalan, “major” turizm marketing bo‘lsa, “minor” koreys tili bo‘lishi mumkin. Bunday imkoniyat ertaga ishsizlikning oldini oladi va bozorda raqobatbardosh kadrlarni yaratib beradi.
“Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Bugun, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Bugun, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa