"Ipak yo‘li" xalqaro turizm markazida “Navro‘z Regata” festivali o‘tkaziladi
Bahor bayrami – Navro‘zga bag‘ishlangan ushbu takrorlanmas tomosha 21 mart kuni, soat 11:00 dan “Silk Road Samarkand” turistik markazining “Boqiy shahar” majmuasida boshlanadi.
“Navro‘z Regata” deb nomlanayotgan festivalning eng asosiy voqeasi — Markaziy Osiyoda ilk bor “Dragon Boat” qayiqlarining “Boqiy shahar” suv havzasi bo‘ylab suzishidir.
Bayram tadbiri davomida mehmonlar san’atkorlarning yorqin chiqishlari, raqs va teatr tomoshalari, bolalar attraksionlari, varraklar shousi, o‘zbek, xitoy, koreys milliy o‘yinlari va boshqa qiziqarli namoyishlardan bahramand bo‘lishadi. Tashkilotchilar barchani ushbu tantanalarda ishtirok etishga, zavqlanib, chin dildan hordiq chiqarishga taklif etyapti.
Darvoqe, festival tashkilotchilari Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT), “Silk Road Samarkand” xalqaro turistik markazi, Shimoliy-Sharqiy energetika universiteti (Xitoy), “Stekloplastik” mas’uliyati cheklangan jamiyati.