Iqtidorli maktab bitiruvchilari oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi

Yakunlanayotgan o‘quv yilida Nurobod tumanidagi maktablarni bitirayotgan 19 nafar o‘quvchiga oltin, 1 nafar o‘quvchiga kumush medal olish nasib etdi.

Ularga olgan bilimlari natijalari ramzi bo‘lgan medallarni berilishiga bag‘ishlangan tadbir ham esda qolarli bo‘ldi.

Nurobod tumani hokimligida tashkil qilingan tadbirda oltin va kumush medallar bitiruvchilarga tantanali ravishda topshirildi. Yoshlarning yodida qolgan bu tadbirda tuman hokimi F.Zoirov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari G‘.Boboxolov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q.Saidov ish irok etdi. Ular iqtidorli yoshlarni tabriklab, oliy o‘quv yurtlarida ham imtiyozli o‘qishlariga hamda keyingi yutuqlar sari oq yo‘l tiladi.