Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini uydan turib olish mumkinmi?

Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq, jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari ma’lum tashkilotda ishlagan davridagi ish haqiga oid va ishlaganligi to‘g‘risidagi ish stajiga oid ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) borib ariza topshiradi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.

Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma uchun 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma’lumotnoma shakllantiradi hamda DXMga yoki YaIDXPga yuboradi.

Davlat xizmati ko‘rsatish bepul asosda amalga oshiriladi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi Sevara Zokirova ma’lumot berdi.