Ishga qabul qilishda pensiya daftarchasini talab qilish bekor qilinadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

U bilan ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxslardan talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati qisqartirilmoqda. Xususan, axborot tizimlaridan olish imkoniyati yaratilgani uchun davlat tashkilotlari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, mehnat daftarchalarni hamda jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini talab qilish bekor qilinmoqda.
Ushbu hujjat ishga qabul qilishni noqonuniy rad qilish holatlarini kamaytirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qilishi qayd etildi.