Ishonchli vakil Oqdaryo tumanida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Mahmudovaning Samarqand viloyatidagi ishonchli vakili Muzaffara Abdiyevaning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi Oqdaryo tumanida bo‘lib o‘tdi.
Ayni kunlarda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Robaxon Maxmudovaning viloyatimizdagi ishonchli vakili tomonidan viloyatimiz bo‘ylab joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Oqdaryo tumanida tashkil etilgan uchrashuvda xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, partiya faollari, o‘qituvchilar, tibbiyot sohasi vakillari, yoshlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dastlab, uchrashuvda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Robaxon Maxmudovaning viloyatimizdagi ishonchli vakili Muzaffara Abdiyeva tomonidan tadbir ishtirokchilariga nomzod haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek nomzod Saylovoldi dasturida huquqiy davlat qurish, ijtimoiy adolatni va milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, ilm-fan, innovatsiyalar va ta’lim sohasini barqaror rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilishga doir takliflari o‘rin olganligini ta’kidlab o‘tdi. Mamlakat rivoji, fuqarolar farovonligi yo‘lida amalga oshirishga qaratilgan g‘oya va maqsadlari aks etgan Saylovoldi dasturi, unda ilgari surilayotgan ustuvor yo‘nalishlar bilan ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdi.
Tadbir yakunida Muzaffara Abdiyeva saylovchilarning ishtirokchilarning savollariga batafsil javob berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Robaxon Maxmudovaning ishonchli vakili Muzaffara Abdiyevaning viloyatimiz bo‘ylab saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Abdullo Yusufov,
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati.