Ishtixonda 7 ta maktab qo‘shimcha binolari ishga tushdi

Ayrim maktablarda o‘quvchilar ko‘pligi sababli darslar ikki navbatda  tashkil etiladi. Qo‘shimcha to‘garaklar uchun ham sharoitlar yetarlimas. Ana shunday noqulayliklarni bartaraf etish maqsadida, barcha shahar va tumanlarda ta’lim muassasalari uchun qo‘shimcha binolar qurilyapti.

Jumladan, Ishtixon tumanida Investitsiya dasturi asosida 6 ta maktab uchun jami 2010 o‘rinli qo‘shimcha binolar qurildi va yana bir maktabning 550 o‘rinli binosi mukammal ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

- Bu qurilish bunyodkorlik ishlari uchun 20 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi, - deydi tuman hokimi Fazliddin Ro‘ziyev. – Natijada 7 ta mahalla bolalari uchun qulayliklar yaratildi. Minglar mahallasidagi 55-maktabda shu paytga qadar darslar to‘liq ikki navbatda olib borilgan bo‘lib, sinfxonalar yetishmagan. Endi maktab uchun 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilib, 2 koeffitsiyentdan 1 koeffitsiyentga tushirildi. Qurilish ishlari uchun 1 milliard 577 million so‘m sarflandi.

Shunigdek, tumandagi 10-, 16-,19-, 35- va 33-maktablarda qo‘shimcha binolar qurilgan bo‘lsa, 6-maktab binosi mukammal ta’mirlandi. Bu o‘quvchilarning emin-erkin sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatdir.

Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati