Ishtixonda aka singlisiga “SMS” yuborgan yigitni urib o‘ldirib qo‘ydi

2020 yilning 4 avgust kuni soat 14:00 da Camarqand viloyati Ishtixon tumani “Xalqobod” MFY da 34 yoshli Sh.Y. hamqishlog‘i 27 yoshli N.B.ga telefon qilib chaqirib, singlisi 18 yoshli M.D.ga nima maqsadda SMS xabar jo‘natib tinchligini buzayotganligini so‘rab, yashash uyi orqa tomonida o‘zaro janjallashib qolishib, janjal davomida mushti bilan N.B.ni bosh sohasiga urib tan jarohati yetkazgan.                                                                 

Natijada N.B. tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi  3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.