Ishtixonda yana bir nechta ob’yekt foydalanishga topshirildi

“ISHTIHAN YIMIN IMPORT EXPORT GROUP” MChJ tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga mo‘ljallangan yangi loyihasi ishga tushirildi.

Korxona yiliga 2 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash quvvatiga ega. Loyiha qiymati 5 million AKSh dollari bo‘lib bugungi kunda 50 nafar kishi ish bilan ta’minlandi.

Navbatdagi ob’yekt tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining yangi  binosi bo‘ldi.

Loyiha qiymati 5 milliard 700 million so‘m bo‘lgan yangi bino zamonaviy diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lib, sifatli va tezkor tibbiy ko‘riklarni amalga oshirish imkonini beradi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy reabilitatsiya qilish bo‘limining yangilangan binosi ham qurib bitkazildi. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mazkur bo‘lim binosini rekonstruksiya qilish uchun mahalliy byudjetdan 770 million so‘m mablag‘ sarflangan.