Ishtixondagi G‘ovaki arig‘ining suvi aholi tomorqalariga yo‘naltirildi
- 25.05.2020 23:20
- 208
- Samarqand
Bugun Zarnews.uz telegram kanalida Ishtixon tumanidagi Yo‘g‘ontepa mahallasi aholisi tomonidan qishloq tomorqalarini sug‘orishga mo‘ljallangan G‘ovaki arig‘ining suvi sizot, zax suvlarni oqizuvchi Qorasuv arig‘iga urib ketib, behudaga oqayotganligi, buning oqibatida qishloq aholisining tomorqalarini sug‘orishda qiyinchiliklarga duch kelishayotganligi to‘g‘risidagi aholining murojaati e’lon qilingandi.
Mazkur masala 4-sektor rahbari va mutasaddilar tomonidan o‘rganildi va muammo bugunning o‘zida hal etildi.
G‘ovaki arig‘ining Qorasuv arig‘iga urib ketgan joyi yopilib, suv qishloqqa yo‘naltirildi. Yo‘g‘ontepa aholisining tomorqalarini sug‘orishdagi muammolar bartaraf qilindi.
Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.
Teglar:
Ishtixon
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 48 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand