"Islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqatdir" — Prezident
"Umuman olganda, 5 yil davomidagi harakatlarimiz o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu fikrni islohotlarimizning dastlabki yillaridayoq, iqtisodiyotimizning yillik o‘rtacha o‘sishi 5 foizni, sanoat sohasida esa – 8 foizni tashkil etgani ham tasdiqlaydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetdi.
Hatto koronavirus pandemiyasi avj olgan 2020 yilda ham mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti o‘śishida ijobiy dinamika saqlab qolingani, 2021 yilda esa uning o‘sish sur’ati 7 foizdan oshgani – islohotlar yo‘lining to‘g‘ri tanlanganidan dalolat bo‘lib, bizni yangi amaliy marralarga da’vat qilmoqda.
Yangi Strategiyamizning pirovard maqsadi – davlatimiz va jamiyatimizning barcha soha va yo‘nalishlarida “Inson qadri uchun” g‘oyasini hayotga tatbiq etish", dedi davlatimiz rahbari.