Islom birdamligi o‘yinlarida viloyatimiz sportchilari 16 ta medalni qo‘lga kiritdi
Turkiyaning Konya shahrida “V Islom birdamligi” sport o‘yinlari yakunlandi.
Unda Islom birdamligi sport federatsiyasiga a’zo 56 ta mamlakat jamoalari 1597 ta medallar jamlanmasi uchun bahslashdi.
Ular orasida O‘zbekiston delegatsiyasi 265 nafar sportchi bilan 24 ta sport turidan qatnashdi.
Mazkur musobaqada sportchilarmiz 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Terma jamoamiz tarkibida viloyatimizdan 19 nafar sportchi 10 ta sport turidan qatnashib, 16 ta medal (4 ta oltin, 7 ta kumush, 5 ta bronza)ni qo‘lga kiritdi.