Islom Karimov xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi

Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasi va Birinchi Prezidentimiz haykali o‘rnatilgan maydon bugun har qachongidan ham gavjum bo‘ldi.


Maqbara majmuasiga erta tongda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari jam bo‘ldi.
Birinchi Prezidentimiz xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.
Islom Karimovning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yo‘lida o‘z huzur-halovatidan kechib mehnat qilgani, xalqimiz farovon turmushi uchun yuksak fidoyilik ko‘rsatgani yodga olindi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Birinchi Prezidentimiz xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar e’tirof etildi.
Shundan so‘ng viloyat jamoatchiligi vakillari Registon maydoni yaqinida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘ydi.
Xotira tadbirlari doirasida elga ehson oshi tortildi.


Tadbirlarda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimov ishtirok etdi.