Ispaniya poytaxti Madrid shahri karantinga olindi

Koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli, Ispaniya hukumati Madrid shahrida qat’iy karantin e’lon qildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Madrid salomatligi – bu Ispaniya salomatligi. Madrid – o‘zgacha shahar”, dedi Ispaniya sog‘liqni saqlash vaziri Salvador Ilya. So‘nggi ikki haftada aniqlangan COVID-19 holatlarining uchdan bir qismidan ko‘prog‘i Madrid ulushiga to‘g‘ri kelmoqda, deb xabar berdi BBC News.

Poytaxt aholisiga faqatgina bir nechta sabablar asosida shaharni tark etishga ruxsat beriladi. Shu jumladan, boshqa shaharga ishga qatnash uchun ham. Shuningdek, bar va restoranlarning ish vaqti qisqartiriladi, jamoat joylarida 6 kishidan ko‘p odamning yig‘ilishi taqiqlanadi.